Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Moldova MDHdan chiqish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qildi

Moldova MDHdan chiqish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qildi

Moldova parlamenti mamlakatning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tarkibidan chiqishini ma’qulladi va asosiy kelishuvlarini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini yakuniy o‘qishda qabul qildi, deb xabar beradi moldpres.md.

Hujjatni 101 deputatdan 60 nafari qo‘llab-quvvatladi. Ular orasida hukmron “Harakat va birdamlik” partiyasi vakillari, shuningdek, boshqa bir qator deputatlar bor. Kommunistik va sosialistik fraksiyalar bu qarorga qarshi chiqdilar.

Kommunistik partiya yetakchisi Vladimir Voronin MDHdan chiqishni "mamlakat uchun fojia" deb atadi va bu iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Kishinyov MDHdan chiqish jarayonini shu yil yanvar oyida boshlagan edi. U paytda bu qaror hukumat tomonidan tasdiqlangan edi. Endi hujjat mamlakat prezidenti Mayya Sandu tomonidan imzolanishi kerak.

Moldova tashqi ishlar vaziri Mixay Popsoy ilgari mamlakat MDH doirasidagi barcha kelishuvlardan butunlay voz kechmasligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy jihatdan foydali yoki fuqarolar uchun muhim bo‘lgan kelishuvlar, agar ular mamlakatning Yevropa Ittifoqiga integrasiyalashuv yo‘liga zid kelmasa, saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Moldovaning MDHga bo‘lgan munosabati 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin o‘zgara boshladi. Shu paytda Mayya Sandu mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan integrasiya yo‘lini e’lon qildi va Hamdo‘stlik sammitlarida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2023 yildan beri respublika MDHning 70 ga yaqin kelishuvini denonsasiya qildi.

Sobiq prezident va sosialistik partiya yetakchisi Igor Dodon bu qadamlarni tanqid qilib, Sanduning Rossiya va MDH bilan aloqalarni uzish siyosatini xalq manfaatlariga zid deb atadi.

Kiritildi: 15:45 05.04.2026. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!