32 yoshli model yigit Xiva Gonsales uysiz odamni o‘ldirdi, deya xabar berdi "Darakchi" nashri.
Benzokolonkada bir uysiz odam uning yoniga kelib, pul so‘raydi. Gonsales rad etadi. Uysiz Pedro Krus esa uni haqoratlay boshlaydi. Bunga chidolmagan model qo‘liga tayoq olib, uysizni quvib bir necha qattiq zarba beradi. Natijada Krus bir necha kundan so‘ng Mayami kasalxonasida vafot etadi.
Voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan model qo‘lga olinib, unga 10 yil qamoq jazosi berilishi kutilmoqda.