Misr janubida mikroavtobus bilan yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi og‘ir jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Al-Axram" nashri.
OAVning yozishicha, fojia Misrning janubida Soxag viloyatida chorshanba kuni tunda ro‘y bergan.
Sky News Arabiya telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvga mikroavtobus haydovchisining qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgani va boshqa transport vositasi bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lgan.