Misrning shimoli-sharqidagi Ismoiliya viloyatida ishchilarni olib ketayotgan pikap ag‘darilishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi va 32 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Xinhua axborot agentligi Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qurbonlar sonini aniqlash va ularning sog‘lig‘ini kuzatish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Vazirlikning inqirozga qarshi kurash guruhi mahalliy sog‘liqni saqlash organlari bilan muvofiqlashtirilgan holda vaziyatni kuzatib bormoqda.