Misrda poyezd-avtobus to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, yana olti kishi jarohat oldi. Bu haqda "Al-Vatan" nashri xabar berdi.
Hodisa 21 iyun kuni Misr poytaxti Qohirada sodir bo‘lgan. Yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashdi. Transport vaziri Kamel al-Vazirning so‘zlariga ko‘ra, salonida mahalliy to‘qimachilik fabrikasi xodimlari bo‘lgan avtobus qoidalarni buzgan holda tovarlarni tashish uchun mo‘ljallangan temir yo‘l yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi natijasida poyezd bilan to‘qnashgan.
Voqea tafsilotlarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzilgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, barcha jabrlanganlar allaqachon kasalxonalarda kerakli tibbiy yordamni olishmoqda.