Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Misr suvsizlikka qarshi kurashda “gidroponika” usulini qo‘llamoqchi

Misr suvsizlikka qarshi kurashda “gidroponika” usulini qo‘llamoqchi

Suv tanqisligi va ekin maydonlarining qisqarishi sharoitida Misrdagi ayrim xo‘jaliklar tuproqsiz dehqonchilikka o‘tmoqda.

Tuproqsiz qishloq xo‘jaligi (gidroponika) – tuproqsiz va yuqori nazorat ostidagi issiqxonalar ichida ozuqa moddalariga boy suvdan foydalangan holda o‘simliklarni yetishtirishni anglatadi. Bunda o‘simlik ildizlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qum, shag‘al, gil, ko‘pik yoki shimgich kabi tuproqsiz substratlar ishlatiladi. Gidroponika yordamida an’anaviy yetishtirish uchun zarur bo‘lgan suvning qariyb 90 foizini tejab qolinishi mumkin.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Misr yillik suv tanqisligiga duch kelmoqda. Ayni paytda Misrning 5 foizdan kamrog‘ini tashkil etuvchi ekin maydonlari urbanizasiya tufayli qisqarmoqda. Qolgan 95 foizi cho‘ldir. Misr rasmiylari gidroponika yordamida tuproq kasalliklari, tuproq sho‘rlanishi, suvsizlanish va yuqori harorat kabi ko‘plab muammolardan xalos bo‘lishlariga ishonishmoqda.

Ekologik afzalliklaridan tashqari, gidroponika tezroq o‘sish va ko‘proq mahsuldorlikka erishish imkonini beradi.

Shu sababli Misrdagi xo‘jaliklar tuproqsiz dehqonchilik yordamida tejalgan suvni strategik ekinlarga, jumladan, bug‘doyni sug‘orishga yo‘naltirishni reja qilishmoqda. Natijada, oziq-ovqat xavfsizligiga erishib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan ko‘proq daromad olishlari mumkin.

Kiritildi: 10:09 20.04.2024. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!