Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Misr Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifiga doir

A A A
Misr Prezidentining O‘zbekistonga  rasmiy tashrifiga doir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2018 yil 4-5 sentyabr kunlari Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn as-Sisi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. 
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarda O‘zbekiston-Misr hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish hamda mintaqaviy va hududiy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
 
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
 
 

Manba: uza.uz
Kiritildi: 07:01 03.09.2018. O'qildi: 1458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik