Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mish-mish va haqiqat: Gulnora Karimova hokim bo‘lib qaytadimi?

Mish-mish va haqiqat: Gulnora Karimova hokim bo‘lib qaytadimi?

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni ham ma’nan, ham moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgani haqida uning o‘g‘li Islom Karimovning Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali e’lon qilgan murojaatiga asoslangan holda xabar bergan edik.
 
Mazkur murojaat nafaqat mahalliy, balki xalqaro OAVdan ham o‘rin oldi. Rus, ingliz matbuotida Islom Karimovning onasi haqida yozganlari e’lon qilib borilmoqda.
 
Islom Karimov murojaatini ingliz tilida yozgan edi. U ushbu murojaatning rus tilidagi talqinini ham ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.
 
Ayni damda ko‘plab foydalanuvchilar murojaat haqida o‘z mulohazalarini bildirmoqda. Ko‘plar Gulnora Karimovaning o‘z faoliyatini tiklashi, xayriya ishlariga bosh-qosh bo‘lishi, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi loyihalarini tiklashigi umid bildirmoqda. Ayniqsa, tibbiyot sohasida Gulnora Karimova amalga oshirgan loyihalar bugun juda dolzarb bo‘lib borayotgani ta’kidlanmoqda. Izoh yozganlarning ayrimlari o‘zi yoki yaqinlari Karimova xonim tibbiyot yo‘nalishida tashkil etgan loyihalar sabab shifo topgani, ayniqsa, ko‘krak bezi sarotonidan forig‘ bo‘lgani haqida yozmoqda.
 
Uni izohlar orqali qo‘llab-quvvatlayotganlarning aksariyatini yoshlar va ayollar tashkil etmoqda.
 
Ijtimoiy tarmoqlarda qayd etilishicha, xalq orasida Gulnora Karimova tez orada faoliyatini tiklab, hokim bo‘lish ehtimoli borligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan.
 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bugungacha Gulnora Karimova haqida tarqalgan hech bir gap o‘zining rasmiy isbotini topmagan. Mamlakatda rasmiy idoralar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova haqida faqat bir marta – 2017 yilning iyul oyida Karimovaga oid jinoyat ishi haqida ma’lumot bergandi, xolos.
 
Ma’lumot o‘rnida, Gulnora Karimova O‘zbekiston ijtimoiy hayotiga 2003 yilda tashkil topgan O‘zbekiston madaniyati va san’at forumi jamg‘armasi, “Mehr nuri” fondi va “Kelajak ovozi”, “Yangi avlod” kabi loyihalari bilan kirib kelgandi. Aynan Fond Forumning faoliyatiga 10 yil to‘lganda – 2013 yil noyabr oyida jamg‘arma tugatildi. 

Qalampir.uz

Kiritildi: 14:47 13.12.2018. O'qildi: 12005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!