Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Mirziyoyev Tojikistonda: u Rahmon bilan uchrashdi

A A A
Mirziyoyev Tojikistonda: u Rahmon bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kooperasiya loyihalarini va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini amalga oshirish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari Tojikistonning SHHTdagi sermahsul raisligi davrida erishilgan natijalarni yuksak baholadi va bo‘lajak sammit tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.

Kiritildi: 17:33 16.09.2021. O'qildi: 3309 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!