Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 sentyabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Issiqko‘l aeroportida davlat rahbarini Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Bo‘ronov va boshqa rasmiy kishilar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev bu yerda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.