Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Mirkomil Musayev nega "Bravo"ni emas, "Million"ni tanlaganini aytdi (video)

Mirkomil Musayev nega "Bravo"ni emas, "Million"ni tanlaganini aytdi (video)

«Million» jamoasining a’zosi Mirkomil Musayev «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkilladi.

Suhbat davomida Mirkomil Musayev «Million» bo‘lingan vaqtda nima uchun «Bravo» jamoasiga o‘tib ketmagani haqida gapirib berdi.

"Ushbu jamoaning paydo bo‘lishiga ustozimiz Jahongir Poziljonov sababchi, turtki bo‘lgan. 2007 yil Jahongir aka menga taklif bilan chiqib, «eng zo‘r bolalarni yig‘ib, 20 daqiqalik chiqish qilaylik,» degan. Jamoani asosan «Shovvozlar» tashkil qilardi. O‘sha paytlar kliplar kolleksiyasidan iborat eng yaxshi «nomerlarni» qo‘yganmiz. Bu ijobiy natija bergan va keyingi yil yana talab qilishgan. 2009 yil QVZ terma jamoasi yanayam kengaydi.

Jamoada «Dizayn» jamoasining yigitlari ham bor edi. O‘sha yili QVZ terma jamoasi o‘zining ilk konsertini o‘tkazdi. 2010 yil ikkinchi konsertdan keyin «Dizayn» jamoasi alohida faoliyat yuritishni boshladi. Biz alohida ishlashni boshladik. Shundan keyin bizga yangi-yangi odamlar qo‘shildi. «Million» jamoasi esa 2013 yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Tashabbus Davron Kabulovdan chiqqan. Ustozlarimizning duolarini olib ishni boshlaganmiz.

Shuncha yil «Million»da faoliyat yuritdik, shu jamoada ish boshlaganmiz,  bo‘lsa faqat «Million» bo‘lardi yoki men faoliyatimni tugatar edim. Tanlov qilishim juda og‘ir bo‘lgan. Yakunda baribir «Million» jamoasida qoldim", deydi Mirkomil Musayev. 

Kiritildi: 12:26 11.06.2019. O'qildi: 4713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!