Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Mingdan ortiq xitoylik olimlar AQShni tark etdi. Ular josusmidi?

Mingdan ortiq xitoylik olimlar AQShni tark etdi. Ular josusmidi?

Mingdan ko‘proq xitoylik olim Vashington Pekinni AQSh texnologiyalarini o‘g‘irlashda ayblagandan keyin AQShni tark etdi. 

Bu ma’lumotni AQSh adliya vazirining yordamchisi Jon Demers Aspen instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, xitoylik olimlar adliya vazirligi sanoat va texnologik josuslikdagi ayblovlar bo‘yicha bir qator jinoiy ishlarni qo‘zg‘atganidan keyin AQShdan chiqib ketgan.

Adliya vazirligidagi mansabdor shaxslardan birining ta’kidlashicha, AQSh xitoylik olimlarni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi bilan aloqalarda gumon qilmoqda. 

29 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan AQSh milliy manfaatlariga xavf solishi mumkin bo‘lgan aspirantlar va olimlar kirishini cheklovchi farmoyishni imzolagan.

Ta’kidlanishicha, gap Xitoy armiyasi bilan bog‘liq xitoyliklar haqida borgan. AQSh hukumati fikricha, ular AQShga texnologiyalar va intellektual mulkni o‘g‘irlash maqsadida kelishi mumkin. Xitoy ta’lim vazirligi AQShning bu cheklovlariga nisbatan norozilik bildirgan.  

Kiritildi: 12:10 03.12.2020. O'qildi: 2855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!