Milanda tramvayning relsdan chiqib ketishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va kamida 40 kishi jarohatlandi, ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir.
Bu haqda Italiyaning "Corriere della Sera" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa joyida polisiyachilar va qutqaruvchilar ishlamoqda. Prokuratura ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha tergov boshladi. Taxminlardan biri sifatida so‘nggi bekatda to‘xtamagan haydovchining sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgani ko‘rib chiqilmoqda. Haydovchi yengil jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, transport vositasi katta tezlikda harakatlangan.
Tramvay relsdan chiqib ketgach, binoga borib urilgan va yo‘lda piyodalarni urib yuborgan.