Afrikaning shimolida joylashgan Ispaniyaning Seuta anklavida noqonuniy muhojirlarning ommaviy oqimi sabab vaziyat keskinlashdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Jazoir va Marokashdan 1500 dan ortiq kishi dengiz orqali Seutaga kirib kelgan. Migrantlar oqimining keskin ko‘payishi Ispaniya chegara xizmati va mahalliy hokimiyat organlariga qo‘shimcha bosim yuzaga keltirgan.
Seuta Afrika qit’asida joylashgan bo‘lsa-da, Ispaniya hududi hisoblanadi va Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralaridan biri sanaladi. Shu sababli anklav orqali Ispaniya va Yevropa hududiga kirishga urinayotgan noqonuniy migrantlar masalasi muntazam ravishda dolzarb bo‘lib kelmoqda.
So‘nggi hodisa esa mintaqada migrasiya bosimi yana kuchayganini ko‘rsatmoqda.