Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Microsoft Xitoydagi xodimlariga ish uchun Android smartfonlaridan foydalanishni taqiqlaydi

Microsoft Xitoydagi xodimlariga ish uchun Android smartfonlaridan foydalanishni taqiqlaydi

Microsoft texnologiya korporasiyasi Xitoy bo‘linmalari xodimlariga Android platformasidagi qurilmalardan ish maqsadlarida foydalanishni taqiqlaydi va ularga iPhone smartfonlarini foydalanishni buyuradi. Bu haqda Bloomberg o‘z ixtiyoridagi ichki hujjatga tayanib, xabar berdi.

Matnga ko‘ra, Microsoft sentyabr oyidan boshlab Xitoydagi xodimlaridan ish kompyuterlari va telefonlariga kirishda shaxsiy identifikasiya qilish uchun faqat Apple qurilmalaridan foydalanishni talab qiladi. Ta’kidlanishicha, Android platformasida smartfon ishlatadigan barcha xodimlar korporasiyadan iPhone 15 oladi, bu chora Xitoyning materikdagi yuzlab ishchilariga ta’sir qiladi, deya qo‘shimcha qiladi Bloomberg.

Microsoft vakillari agentlikning ushbu ma’lumotga izoh berish so‘roviga javob bermadi.

The Wall Streat Journal nashrining 16 may kuni xabar berishicha, Microsoft korporasiyasi yuzlab xitoylik xodimlaridan ikki davlat o‘rtasida texnologik raqobat kuchayib borayotgani sababli AQShga ko‘chib o‘tish masalasini ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.

Kiritildi: 18:01 08.07.2024. O'qildi: 1092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!