Ommabop Windows 10 operasion tizimi uchun navbatdagi yirik yangilanishni e’lon qilgan Microsoft korporasiyasi qiyin ahvolga tushib qoldi. Foydalanuvchilar ushbu apdeyt tufayli jiddiy muammolar yuzaga kelganini aytishgan.
Bularning natijasida Microsoft ushbu dasturiy ta’minotning tarqatilishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Jamlanma raqami 1809 bo‘lgan Windows 10 October Update
Bu haqdagi Microsoft bayonotida, jumladan, shunday deyiladi:
«Biz o‘z mijozlarimiz uchun Windows 10 October 2018 Update (1809-versiya) tarqatilishini to‘xtatdik. Chunki yangilanishdan so‘ng foydalanuvchilarning ayrim fayllari yo‘qolib qolayotganligi haqidagi hisobotlarni o‘rganmoqdamiz».
Demak, Microsoft o‘z operasion tizimining navbatdagi yangilanishini chiqarishini kutishga to‘g‘ri keladi.
Manba: terabayt.uz