Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

MIB taqiqi olib tashlandi, «Bunyodkor» eshiklari ochildi

MIB taqiqi olib tashlandi, «Bunyodkor» eshiklari ochildi

Bunyodkor futbol klubi ofisi eshiklari MIB tomonidan muhrlab ketilgani xabar qilingan edi. Bunga sabab sifatida klub sobiq bosh murabbiyi Sergey Lushchandan qarzdorlik mavjud ekani ko‘rsatilgan.

Bugun ushbu ta’qiq olib tashlandi va muhrlangan eshiklar ochildi. Bunyodkor futbol klubi matbuot xizmati tomonidan Xabar.uz ga ma’lum qilinishicha, Sergey Lushchanning qarzi to‘liq qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, matbuotda Bunyodkor ning qarzi 380 million so‘m ekani xabar qilingan edi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda Bunyodkor futbol klubi ofisi eshiklari ochilishi uchun umumiy hisobda 420 million so‘m to‘lov amalga oshirilgan.

Kiritildi: 18:06 17.05.2019. O'qildi: 2154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!