Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

MIB Jizzaxda “Book challenge” aksiyasini davom ettirdi (foto)

MIB Jizzaxda “Book challenge” aksiyasini davom ettirdi (foto)

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimiz yoshlarini keng tafakkurli, bilimli va barkamol qilib tarbiyalash, ma’naviyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilandi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Jizzax viloyatida ham aksiya doirasida Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi va tuman-shahar bo‘limlari xodimlari faol ishtirok etishdi.

Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi boshlig‘i E.Almurodov tumandagi 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 20 dan ortiq kitoblarni hadya etdi.

Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi va tuman-shahar bo‘limlari xodimlari tomonidan Do‘stlik, Zafarobod, Zomin, Mirzacho‘l, Yangiobol va Sharof Rashidov tumanlarida o‘zlari o‘qigan maktablarga 400 donaga yaqin kitoblar taqdim etildi va bu boradagi ishlar davom ettirilyapti.

Kiritildi: 12:11 16.04.2019. O'qildi: 1496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!