Reuters'ning xabar berishicha, AQShning to‘rtta shtati kompaniyaga qarshi sudga da’vo kiritgan.
Bunga algoritmlarning bolalarda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik keltirib chiqargani sabab bo‘lgan.
Da’vogarlar kompaniyani daromadni bolalar xavfsizligidan ustun qo‘yganlikda, *Facebook va *Instagram xavfsizligi bo‘yicha foydalanuvchilarni chalg‘itganlikda hamda o‘smirlar o‘rtasida ruhiy salomatlik inqirozini yuzaga keltirganlikda ayblamoqda.
Meta esa bu ayblovlarni asossiz deb atab, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik rasmiy psixiatrik tashxis emasligini va so‘ralayotgan jarima miqdori asossiz ekanini da’vo qilmoqda.