Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Messining "Oltin to‘p" qo‘lga kiritish imkoniyati 88 foizgacha ko‘tarildi

Messining "Oltin to‘p" qo‘lga kiritish imkoniyati 88 foizgacha ko‘tarildi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilishga 88% imkoniyatga ega.

Bu haqda Argentina terma jamoasi yarim finalda Angliyani mag‘lub etib (2:1), finalga yo‘l olganidan so‘ng "Polymarket" sayti bergan baholash natijalari dalolat bermoqda.

Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, Messining ushbu turnirdagi asosiy yakka tartibdagi sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati o‘yindan so‘ng 76% ga oshgan. Ikkinchi o‘rinda 9% ko‘rsatkich bilan Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri bormoqda.

"Polymarket" talqiniga ko‘ra JCH-2026ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar imkoniyati:

Lionel Messi (Argentina) — 88% (+76%).

Rodri (Ispaniya) — 9% (-2%).

Lamin Yamal (Ispaniya) — 2% (-16%).

Kilian Mbappe (Fransiya) — 1% (-13%).

Jud Bellingem (Angliya) — 1%.

Garri Keyn (Angliya) — 1% dan kam.

Kiritildi: 23:56 16.07.2026. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!