Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Messi Ronalduga yetib oldi va bu ishni amalga oshirgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi

Messi Ronalduga yetib oldi va bu ishni amalga oshirgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatlaridagi gollari soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduga yetib oldi.

Albisileste" sardori bugun bo‘lib o‘tayotgan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinning 10-daqiqasida penaltidan hisobni ochdi.

Mazkur gol Messi uchun Mundialdagi 20-o‘yinda urilgan 7-gol bo‘ldi. O‘zining beshinchi JChda qatnashayotgan argentinalik futbolchi hisobida, shuningdek, 5ta assist ham bor. Ronaldu esa Portugaliya termasi safida JChning 17ta o‘yinida ishtirok etib, 7 gol va 2 assist muallifiga aylangan.

Lionel ketma-ket 5ta JChda samarali harakatni amalga oshirgan (gol yoki assist) ilk o‘yinchiga aylandi. Uning Mundiallardagi statistikasi quyidagicha:

JCH-2006 — 1 gol + 1 assist (3 o‘yin)
JCH-2010 — 1 assist (5 o‘yin)
JCH-2014 — 4 gol + 1 assist (7 o‘yin)
JCH-2018 — 1 gol + 2 assist (4 o‘yin)
JCH-2022 — 1 gol...

Kiritildi: 16:14 22.11.2022. O'qildi: 1632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!