Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Messi "PSJ" bilan yangi shartnoma tuzishi mumkin

Messi "PSJ" bilan yangi shartnoma tuzishi mumkin

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi fransuz klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin, deb yozadi jurnalist Adriyen Grenyer o‘zining Tvitter sahifasida.

Manbaga ko‘ra, futbolchi parijliklar klubidagi o‘yindan o‘tgan mavsumga qaraganda ko‘proq qoniqish hosil qilgan, shu bois u shartnomani uzaytirish taklifini ko‘rib chiqishi mumkin. Biroq hozircha na "PSJ", na boshqa klublar hujumchi bilan aloqaga chiqmagan.

35 yoshli Messi joriy mavsumda "PSJ" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:05 03.10.2022. O'qildi: 2003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!