Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi – kuchli beshlikdagi eng kuchli «snayper»

A A A
Messi – kuchli beshlikdagi eng kuchli «snayper»

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Primeraning 8-turi doirasida «Valensiya»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) jamoasining yagona goli muallifi bo‘ldi.

Argentinalik futbolchi 23-daqiqada Luis Suares bilan kombinasiyadan so‘ng jarima maydoni yaqinidan turib raqib darvozasini ishg‘ol etdi va hisobni tenglashtirdi.

Opta`ning ma’lum qilishicha, Messi Ispaniya chempionatining oxirgi 10 ta mavsumidan buyon 57 ta golini jarima maydoni tashqarisidan turib kiritgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari ichida yetakchi futbolchi bo‘lib turibdi.

La Liganing ushbu mavsumida 31 yoshli hujumchi 8 o‘yinda maydonga tushib, 6+4 mahsuldorlik ko‘rsatkichini qayd etgan.

Kun.uz

Kiritildi: 13:51 08.10.2018. O'qildi: 1637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik