The Athletic sahifalarida 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchilari yangilangan reytingi e’lon qilindi. Yuqoridagi ikki pog‘onada o‘zgarish yuz bermadi: Lionel Messi eng yaxshi deb hisoblanadi, ikkinchi o‘rinda esa Kilian Mbappe qayd etilgan.
Keling, reytingning avvalgi versiyasiga nisbatan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, top-10 ro‘yxat qanday ko‘rinishga ega ekanligini ko‘rib chiqamiz:
Lionel Messi (0)
Kilian Mbappe (0)
Jud Bellingem (+4 pog‘ona)
Xarri Keyn (-1 pog‘ona)
Erling Xoland (-1 pog‘ona)
Maykl Olise (0)
Usmon Dembele (+4 pog‘ona)
Ashraf Hakimiy (-3 pog‘ona)
Vinisius Junior (-1 pog‘ona)
Emerik Laport (-1 pog‘ona).
14 va 15 iyul kunlari jahon chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi.