Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Messi: “Faqat bitta sovrin? Yo‘q, biz “Real”ga o‘xshamaymiz”

Messi: “Faqat bitta sovrin? Yo‘q, biz “Real”ga o‘xshamaymiz”

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Real” haqida fikr bildirib, “qirollik klubi”ni “Barselona” bilan solishtirdi.

“Mavsum boshlanganida biz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni niyat qilgandik. Ammo bunday bo‘lmadi. Bu mavsumda “Real” faqat Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lishni maqsad qildi va bor kuchini shunga sarfladi. Ular La Liga va Kubokdagi g‘alabadan ancha uzoqda edilar va bulardan ancha oldin voz kechdilar. Bu to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi, aytish qiyin. Agar ular YECHL finalida mag‘lub bo‘lishganida, mavsumni sovrinsiz yakunlashardi. Ammo ularning baxtiga zafar quchishdi. Ammo biz buni yoqlamaymiz. “Barselona” butun mavsum davomida faqat bitta sovrin uchun kurashmaydi. Bizga undan ko‘ra La Liga va Kubok muhimroq”, dedi Messi.

Manba: soccernews.ru

Kiritildi: 12:50 07.06.2018. O'qildi: 8648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!