Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi: «Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz. Hech qachon»

Messi: «Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz. Hech qachon»

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 1/8 finalida Misr terma jamoasi ustidan qozonilgan irodali g‘alaba (3:2) haqida fikr bildirdi.

Argentinaliklar 79-daqiqagacha 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishayotgan edi, biroq hisobni tenglashtirib, g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘lishdi.

39 yoshli Messi uchrashuvda penaltidan unumli foydalana olmadi, ammo bitta gol urdi, golli uzatmani amalga oshirdi va bahsning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

«Biz uyga qaytishni xohlamagandik va bunga loyiq ham emasdik. Hammasi mana shunday yakunlanishiga yo‘l qo‘ya olmasdik. Bu jamoa kurashni davom ettirishga haqiqatan ham loyiq edi. Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz. Hech qachon», — deya Messining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Kiritildi: 13:54 08.07.2026. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!