Germaniya kansleri Fridrix Mersning maslahatchilari ko‘p, ammo haqiqiy ittifoqchilari yo‘q, deb yozadi Politico nashri.
«Bir paytlar Mersga yaqin bo‘lgan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, u maslahatchilar bilan to‘la, biroq haqiqiy ittifoqchilardan xoli bo‘lgan hukumat apparatini shakllantirgan. Uning vazirlar mahkamasidan tashqarida yaqin davrasi, va’da qilingan siyosiy o‘zgarishlar uchun u bilan birga kurashadigan tarafdorlari mavjud emas», — deyiladi materialda.
Gazeta suhbatdoshining qayd etishicha, GFR kansleri o‘ziga juda ishonadi, ammo shu bilan birga, kuchli ta’sir ostiga tushib qolishga ham moyil.