Bloomberg agentligi manbalariga ko‘ra, Germaniyaning Xristian demokratik ittifoq (XDI) partiyasi ichida Fridrix Mersning kamsler lavozimida qolishi partiyaning pozisiyalarini zaiflashtirishi mumkin, deb hisoblashmoqda.
Kanslerning o‘zi lavozimini saqlab qolishdan umidvor va XDIning asosiy rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlovga erishish niyatida.
"Kimdir nima uchun uning rahbarligida ishlar yaxshiroq bo‘lishini tushuntira olsagina, muqobil variantlarni jiddiy muhokama qilish mumkin. Hozircha buni ko‘rmayapman" - dedi Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) fraksiyasi raisi o‘rinbosari Gyunter Krings Meklenburg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kansler o‘zgargandan so‘ng mamlakatdagi vaziyat haqiqatan ham yaxshilanishini isbotlay olmay turib, Mersning muqobillarini muhokama qilish mas’uliyatsizlik bo‘ladi.