Germaniya doimo Isroilning yashash huquqini va uning xavfsizligini himoya qiladi.
Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers "Yad Vashem" yodgorlik majmuasiga tashrifi chog‘ida mehmonlar kitobiga shunday yozgan.
"Biz nemislar yahudiy xalqiga qarshi qilgan Xolokostning dahshatli jinoyatini eslaymiz", dedi u.
"Germaniya Isroilning mavjudligi va xavfsizligini himoya qilishi kerak. Bu bizning munosabatlarimizning mustahkam poydevoridir va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi", deb yozadi kansler.