Germaniyaning Mercedes-Benz avtomobil ishlab chiqaruvchisi mudofaa bozoriga kirishni ko‘rib chiqmoqda.
Bosh direktor Ola Kallenius bu haqda The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Dunyo tobora oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib bormoqda. Menga Yevropa o‘zining mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi kerakligi ayon. Agar biz bunga hissa qo‘sha olsak, biz bunga tayyormiz", dedi u.
Kalleniusning ta’kidlashicha, mudofaa bilan bog‘liq ishlab chiqarish yengil avtomobillar va yuk mashinalari ishlab chiqarishga nisbatan "biznesning kichik bir qismini" tashkil qiladi.
Avvalroq Der Spiegel nashri Fransiya-Germaniya mudofaa konserni KNDS Berlin janubidagi Lyudvigsfelddagi Shtutgartda joylashgan avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodni sotib olish bo‘yicha Mercedes-Benz bilan muzokaralar olib borayotganini xabar qilgan edi.