Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

“Men yosh emasman, lekin prezidentlik vazifasini bajara olaman” — Bayden

“Men yosh emasman, lekin prezidentlik vazifasini bajara olaman” — Bayden

AQSh prezidenti Jo Bayden noyabr oyidagi saylovlardagi taxminiy raqibi Donald Tramp bilan bahsda yaxshi natija ko‘rsatmaganini tan oldi, ammo prezidentlik poygasidan chiqish niyati yo‘qligini ochiq aytdi.

Ochig‘ini aytaman: men endi yosh emasligimni bilaman, men avvalgidek oson yurmayman, avvalgidek ravon gapirmayman, bahslasha olmayman, lekin qanday qilib haqiqatni aytishni bilaman, — dedi Bayden Shimoliy Karolinadagi saylovoldi mitingida tarafdorlari bilan suhbatda.

81 yoshli demokratning aytishicha, u bu ishni uddalay olishiga “butun qalbi bilan ishonmaganida”, keyingi muddatga nomzodini qo‘ymagan bo‘lardi.

Bayden va Tramp o‘rtasidagi bahs 28 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, Baydenning nutqidan so‘ng AQSh Demokratik partiyasini vahima bosgan. Politico nashrining yozishicha, ba’zi demokratlar allaqachon saylov poygasida Baydenni almashtirishni faol muhokama qilmoqda. AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris Bayden Tramp bilan bahsni eng yaxshi tarzda boshlamaganini tan olgan.

Tramp bilan munozarada Amerika yetakchisi qayta-qayta duduqlanib, xirilloq ovozda juda sokin gapirgan. Internetda AQSh prezidentining og‘zini bir oz ochib turgani aks etgan video paydo bo‘lgan. Amerikalik tahlilchilar buni Bayden uchun haqiqiy falokat deb atashgan. YouTube'dagi debat translyasiyasi ostidagi izohlarda foydalanuvchilar siyosatchini sharmandali deb atagan.

Kiritildi: 13:59 29.06.2024. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!