Armaniston Turkiya bilan chegaralarni ochishga va diplomatik aloqalarni o‘rnatishga tayyor.
Bu haqda Armaniston parlamenti spikeri o‘rinbosari Ruben Rubinyan ma’lum qildi.
"Men Turkiya-Armaniston chegarasining ochilishini cho‘zishga sabab ko‘rmayapman. Yerevan bunga hech qanday to‘siq qo‘ymagan, biz chegaralarni ochishga va diplomatik munosabatlarni o‘rnatishga tayyormiz", — dedi Rubinyan.