Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

“Men pastkash siyosatchi emasman” – Erdo‘g‘an raqibini sudga berdi

A A A
“Men pastkash siyosatchi emasman” – Erdo‘g‘an raqibini sudga berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an asosiy muholifat Respublikachi Xalq partiyasidan mamlakat prezidentiligiga nomzod bo‘lgan Muharram Injeni sudga berdi.
Bunga Muharram Injening Erdo‘g‘an 2001 yil AQShga muholifatchi Fathulloh Gulen oldiga borgani haqidagi so‘zlari sabab bo‘lgan.
Turkiya hukumati Gulenni 2016 yil mamlakatda davlat to‘ntarishi o‘tkazilishiga aloqador deb hisoblaydi. 1999 yildan beri AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Gulen isyonni qoralagan va ayblovni inkor qilgan.
Inje Balikesirdagi chiqishida, Erdo‘g‘anga murojaat qilib: “Sen 2001 yil partiyangga asos solganingda Pensilvaniyaga ruxsat so‘rash uchun borganmiding?”, degan.
“Gumonlanuvchining namoyishda aytgan gaplari hurmatli prezidentga jiddiy hujum hisoblanadi va haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi shikoyat arizasida.
Bu kabi tasdiqlovlarni so‘z erkinligi doirasida qabul qilishning imkoni yo‘qligi ta’kidlanmoqda. Advokat Injedan 100 ming turk lirasi (21 ming dollar) miqdorida tovon puli talab qilmoqda.
Erdo‘g‘anning o‘zi ushbu vaziyatga izoh berib, “men Pensilvaniyaga ruxsat olish uchun boradigan pastkash siyosatchi emasman”, deb aytgan.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 11:32 30.05.2018. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik