Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Meksika ko‘rfazida “Milton” to‘foni kuchaymoqda

Meksika ko‘rfazida “Milton” to‘foni kuchaymoqda

Meksika ko‘rfazida “Milton” tropik to‘foni kuchayib, Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha 1-toifali dovulga aylandi. Bu haqda TASS yozmoqda.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Dovullar milliy markazi ma’lum qilishicha, bo‘ron hozirda sharqqa 9 km/soat tezlikda harakat qilmoqda. Dovul ichidagi shamolning maksimal tezligi 36 m/s ga yetadi.

Shuningdek, "Milton" Progreso shahridan 465 km shimoli-g‘arbda joylashgani ko‘rsatilgan.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!