Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Mbappe Messining jahon chempionatlari rekordini ortda qoldirganiga munosabat bildirdi

Mbappe Messining jahon chempionatlari rekordini ortda qoldirganiga munosabat bildirdi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangani haqida fikr bildirdi.

Fransuz futbolchisi JChdagi 22-uchrashuvida o‘zining 22-golini urib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi (21 gol)ni ortda qoldirdi.

«Leo doim gol uradi. U finalda ham gol urishiga ishonaman!

Men esa jamoamga gol urishda yordam berishga harakat qilaman. Albatta, jahon chempionatlarida bunchalik ko‘p gol urish seni alohida maqomga olib chiqadi.

Biroq men turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lmasdan, ertangi o‘yinda ishtirok etishni afzal ko‘rardim. Statistika nuqtai nazaridan bu, albatta, katta yutuq va shunday futbolchilar qatorida bo‘lganimni anglash yoqimli. Ammo hozir bu men o‘ylayotgan eng asosiy narsa emas», — dedi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 uchun uchinchi o‘rin bahsida Angliya Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Turnir finalida esa Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Kiritildi: 11:55 19.07.2026. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!