Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Mbappe – La Liganing himoyadagi eng sust futbolchisi

Mbappe – La Liganing himoyadagi eng sust futbolchisi

Kilian Mbappe La Ligada himoyadagi harakatlari bo‘yicha mavsumning eng yomon o‘yinchisi deb topildi.

«Real» hujumchisi Ispaniya chempionatida 31 ta o‘yinda bor-yo‘g‘i 6 ta himoyaviy harakatni amalga oshirgan (90 daqiqalik o‘yinga o‘rtacha 0,2 dan kam). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Mbappe La Liga o‘yinchilari orasida oxirgi, 344-o‘rinni egalladi. Vinisius Junior esa 336-o‘rinda qayd etilgan (32 ochko, 90 daqiqalik o‘yinga o‘rtacha 1 ta himoyaviy harakat).

Ma’lumot uchun: FotMob himoyaviy harakatlar sirasiga to‘pni olib qo‘yish, to‘pni ilib ketish (perexvat), to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborish va zarbalarni bloklashni kiritadi.

Yakunlangan mavsumda Mbappe 25 ta gol bilan qatorasiga ikkinchi marta La Liganing eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Kiritildi: Bugun 10:11. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!