Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mbappe "Atletiko"ga qarshi o‘ynamasligi aniq

Mbappe "Atletiko"ga qarshi o‘ynamasligi aniq

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Avvalroq, ispan OAVlari fransuz jarohatidan tiklanib, 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan derbida ishtirok etishga ulgurishini taxmin qilgan edi. Jurnalist Migel Anxel Diasning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli forvard "matraschilar"ga qarshi o‘ynamasligi aniq. Balki u jamoa bilan Superkubok bahslari bo‘lib o‘tadigan Saudiya Arabistoniga ham uchib ketmas.

"Real" - "Atletiko" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanishi rejalashtirilgan. Kilian Mbappe joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda 29 ta gol urdi.

Kiritildi: 07:00 05.01.2026. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!