Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Maymunchechak yosh bolalar orasida ham keng tarqalmoqda — JSST

Maymunchechak yosh bolalar orasida ham keng tarqalmoqda — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bolalarning maymunchechak bilan kasallanganligini qayd etdi. Bu haqda 6 iyul, chorshanba kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyatlar dasturi chechak kotibiyati rahbari Rozamund Lyuis brifingda ma’lum qildi.

Bolalarda maymunchechak bilan kasallangani haqida xabarlar bor, dedi u. Uning aniqlik kiritishicha, bugungi kunda xastalangan bolalarning uchdan bir qismi 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar, yarmi esa besh yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Lyuisning so‘zlariga ko‘ra, yosh bolalarga xastalik "uyda ta’sir qilish" orqali yuqishi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, 18-19 yoshli bemorlar orasida maymunchechak yuqishi masalasi hali ham ochiq.

So‘nggi paytlarda dunyoning 58 mamlakatida maymunchechakning 6 mingdan ortiq holatlari aniqlangan, infeksiyaning tarqalish yo‘llari esa mutaxassislarga to‘liq tushunarli emas.

Kiritildi: 11:10 07.07.2022. O'qildi: 1917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!