Shri-Lanka orolida maymun keksa ayolning boshiga kokos mevasini otganligi tufayli boshidan jarohat olib vafot etganligi haqida «Asia One» sayti xabar bermoqda.
Voqea shahardan 150 km uzoqlikda joylashgan Xalangamuva qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan. Aniqlanishicha, 72 yoshli Rendjani Kulereytna ismli bu keksa ayol uyi qarshishidagi o‘rindiq ustida dam olayotgan vaqti uning yonida turgan palma daraxtiga chiqqan maymun tomonidan otilgan kokos mevasi tegishi oqibatida boshidan qattiq jarohat oladi hamda shu zahotiyoq vafot etadi.
Bundan tashqari, shu voqeaga o‘xshash hodisa 2009 yil mart oyida ham sodir bo‘lgan ekan.