«Tashkent City» Xalqaro ishbilarmonlik markazi quruvchi kompaniyalaridan biri mashhur bokschi bilan qo‘shni bo‘lishni taklif etmoqda.
Dream city development kompaniyasi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida qurilayotgan apartamentlardan birida shaxsan Mayk Taysonning ham kvartirasi bo‘lishini iddao qildi.
«Tashkent City» Xalqaro ishbilarmonlik markazi O‘zbekistondagi so‘ngi o‘n yillikdagi eng yirik shaharsozlik loyihasidir. Loyiha tarkibidan zamonaviy biznes markazlari, mehmonxonalar, gipermarketlarni, ko‘ngilochar maskanlarni, piyodalar yo‘laklarini qurish, shuningdek, ko‘p qavatli, barcha qulayliklarga ega, shu vaqtgacha Toshkentda qurilmagan turar joylarni barpo etish kabilar o‘rin olgan.
Maykl Jerard «Mayk» Tayson — amerikalik professional bokser. Jahon boks olamida eng mashhur bokschilardan biri hisoblanadi. Og‘ir vazn toifasidagi professional bokschilar o‘rtasida mutloq chempion. Iron Mike Promotions promouterlik kompaniyasi asoschisi. Shuningdek, aktyor sifatida ham mashhur.
Manba: kunutun.uz