Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Mayk Tayson UFC chempioni Jon Jonsni jangga chorladi

Mayk Tayson UFC chempioni Jon Jonsni jangga chorladi

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasining sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson boks va UFC’dagi gonorarlarni o‘zaro solishtirib o‘tdi.

«Eshiting, UFC — boksdan ko‘ra mashhurroq sport turi, shundaymi? Biroq UFC jangchisi hech qachon yaxshi saviyadagi bokschidan boyroq bo‘la olmaydi.

Konor Makgregor 100 million dollar ishlab olish uchun Floyd Meyvezer bilan jang qilishga majbur bo‘ldi.

Agar Jon Jons katta miqdorda pul ishlab olishni xohlasa, men bilan jang qilishi kerak», — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons — yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni va promoushen umumiy reytingi yetakchisi. Avvalroq sportchi unga yaxshilangan shartnoma taklif qilmayotgani uchun UFC’ni tanqid ostiga olgandi.

Kiritildi: 08:05 23.06.2020. O'qildi: 2386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!