Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Mayk Tayson: «Oilam jang qilishimga qarshi, ammo...»

Mayk Tayson: «Oilam jang qilishimga qarshi, ammo...»

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson oila a’zolari uning Roy Jonsga qarshi jang o‘tkazishiga qarshi chiqayotganini tan oldi.

«Farzandlarim qariganda jim o‘tirishimni xohlamoqda. Ammo ular bu haqida nimani ham bilardi?

Ular qanday urishish kerakligini ham bilmaydi, ularning hech biri o‘zaro jangda menga zarba bera olmaydi», — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Tayson va 51 yoshli Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang 12 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Kiritildi: 08:41 03.08.2020. O'qildi: 3205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!