Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Maxsus sirtqi bo‘limlar qayerlarda tashkil etiladi?

A A A
Maxsus sirtqi bo‘limlar qayerlarda tashkil etiladi?

Ta’lim sohasidagi qonunchilik bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn muloqotda juda ko‘plab savollar maxsus sirtqi bo‘limlar uchun qabul qaysi ta’lim muassasalarida tashkil etilishi haqida bo‘ldi.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligining matbuot xizmati qayerlarda maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilganligi haqida quyida ma’lumot berdi.

"Darakchi"ning yozishicha, prezidentnig 2018 yil 4 iyundagi qaroriga asosan bu yil 22 ta oliy ta’lim muassasasida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilib, ularga qabul kvotasi 11 765 ta etib belgilandi.

Ularning 11 750 tasi to‘lov-kontrakt, 15 tasi davlat granti asosida qabul qilinadi.

Xususan quyidagi oliy ta’lim muassasalarida ko‘rsatilgan kvota bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarga talabalar qabul qilinadi:

  • Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — 100;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 1 120 (Toshkent shahar — 810, Termiz filali — 310);
  • Andijon davlat universiteti — 750;
  • Buxoro davlat universiteti — 720;
  • Guliston davlat universiteti — 600;
  • Qarshi davlat universiteti — 690;
  • Namangan davlat universiteti — 750;
  • Samarqand davlat universiteti — 750;
  • Termiz davlat universiteti — 960 (Termiz shahar — 660, Denov filiali — 300);
  • Farg‘ona davlat universiteti — 690;
  • Urganch davlat universiteti — 690;
  • Navoiy davlat pedagogika instituti — 600;
  • Nukus davlat pedagogika instituti — 750;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti — 750;
  • Qo‘qon davlat pedagogika instituti — 750;
  • Chirchiq davlat pedagogika instituti — 690;
  • Toshkent davlat agrar universiteti — 25;
  • O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti — 50;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 (15 tasi davlat granti asosida);
  • Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti — 90;
  • Navoiy davlat konchilik instituti — 90;
  • Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi — 50.
Kiritildi: 10:52 14.06.2018. O'qildi: 3701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik