Mavritaniya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Mavritaniya janubi-g‘arbidagi Ndiago shahri yaqinida 89 nafar noqonuniy muhojirning jasadini topdi, deya xabar beradi Xinhua agentligi.
Muhojirlar Atlantika okeani sohilidagi Ndiagodan to‘rt kilometr uzoqlikda qolib ketgan baliqchi qayig‘ida topilgan.
Xabarda Mavritaniya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xodimlari to‘qqiz kishi, jumladan besh yoshli qizchani qutqarib qolgani ma’lum qilingan.
Omon qolganlarning aytishicha, qayiq olti kun oldin Senegal-Gambiya chegarasidan chiqib, Yevropaga yo‘l olgan. Uning bortida 170 nafar muhojir bo‘lgan.