«Golf afsonasi», yirik musobaqalarning 15 karra g‘olibi Tayger Vuds AQShning Florida shtatida mashinasi bilan avariyaga uchraganidan so‘ng hibsga olindi, deb xabar berdi Bloomberg.
U boshqarayotgan Land Rover avtomobili yuqori tezlikda pikap bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan. Hodisa oqibatida jiddiy jarohatlar qayd etilmadi, avariyadan so‘ng Vuds tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan.
«Janob Vudsda mastlik alomatlari bor edi», — dedi okrug sherifi. — Aybi aniqlangach, u hibsga olindi va Martin okrugi qamoqxonasiga olib ketildi. Qamoqxonada ham, voqea joyida ham bizda bu ishga alkogolning aloqasi borligi bo‘yicha shubha tug‘ilmadi va bu o‘z tasdig‘ini topdi».
Sakkiz soat hibsda ushlab turilgan Vuds garov evaziga qo‘yib yuborilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp (golf uning sevimli sporti) voqeaga izoh berar ekan, shunday dedi: «Juda afsusdaman. Uning sog‘lig‘ida muammolar bor. Avtoavariya sodir bo‘ldi. Men bilgan bor gap shu. U mening juda yaqin do‘stim, ajoyib inson va hayratlanarli shaxs».
Eslatib o‘tamiz, Tayger Vuds 5 yil avval ham mashinasida YTHga uchrab, ancha jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgandi. O‘shanda uning mashinasi yo‘ldan chiqib ketib pachoqlangan, Taygers avtomobildan maxsus texnikalar yordamida chiqarib olingan edi.