"Bobur" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1979 yil tug‘ilgan A.B. “Neksiya” rusumli avtomashinasini mast holatda boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Natijada avtoulov ag‘darilib ketgan.
Haydovchi tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga bosh miya, o‘ng yelka, o‘ng son, o‘ng boldir sohasi sinishi tashxislari bilan yotqizilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati