Rossiya Federasiyasi poytaxti Moskva shahrida MMA bo‘yicha Open FC 67 turniri tashkil etildi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqada hamyurtimiz Mashrabjon Ro‘ziboyev ham ishtirok etdi.
Mashrabjonga braziliyalik Gabriel Miranda raqiblik qildi. Jangda hamyurtimiz birinchi raunddayoq raqibini texnik nokaut orqali taslim etishning uddasidan chiqdi.
Endi UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi hisoblangan Mashrabjon Ro‘ziboyevning hisobida 21 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang bor. Gabriel Miranda esa o‘ninchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.