Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Mashhur hind dizayneri “Toshkent moda haftaligi”da ishtirok etadi

A A A
Mashhur hind dizayneri “Toshkent moda haftaligi”da ishtirok etadi

Taniqli hindistonlik dizayner Rita Beri 21-26 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent moda haftaligida o‘z kolleksiyasini taqdim etadi.

Rita Beri “Hindiston moda malikasi” nomi bilan mashhur. U Parijda taqdim etilgan birinchi hind dizayneridir. Rita Berining ishlari butun dunyo bo‘ylab "Liberty" (London), "Maria Louisa" (Parij), "Vogue" (Monako), "Gail Antabi" (Saudiya Arabistoni), "Caroline Behrens" (Shveysariya) va "Aishti Sal" (Livan), "Maison Blanche" va "Fia Donne" (Yaponiya) kabi nufuzli moda markazlarida namoyish etilgan.

Mashhur kino yulduzlari Nikol Kidman, Letisiya Kasta, Madxuri Diksit va boshqalar Rita Beri yaratgan liboslarni kiyishadi. U, shuningdek, hashamat sohasidagi ijodkorlik va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi “The Luxury League notijorat tashkiloti asoschisi hisoblanadi. Modelyer o‘zining ijod qirralari haqida bir nechta kitob yozgan. 
Manba: uza.uz

Kiritildi: 08:42 22.11.2018. O'qildi: 1522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!