Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Masharipov Istanbuldagi tungi klub teraktidagi aybini inkor etmoqda

Masharipov Istanbuldagi tungi klub teraktidagi aybini inkor etmoqda

Turkiyaning Istanbul shahridagi Reina tungi klubiga hujum qilishda ayblanayotgan Abdulqodir Masharipov jinoyatga aloqadorligini inkor etdi, deb xabar qildi Hurriyet gazetasi.

Men buni sodir etmaganman. O‘sha kecha qo‘lida Kalashnikov avtomati bo‘lgan kishi men emasman , - deya iqtibos keltiradi Masharipovning so‘zlaridan nashr.

Shuningdek, ayblanuvchi sud majlisida terakt sodir etilgan kundan so‘ng u televideniye xabarlaridan qidiruvga berilganini eshitib, shok holatga tushganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi Istanbuldagi Reina tungi klubiga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘t ochgan edi. Binoda 700 dan ortiq kishi bo‘lgan. Turkiya polisiyasi xabariga ko‘ra, teraktda 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan. Sodir bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni ID o‘z zimmasiga olgan. O‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov 2017 yil 16 yanvarda Istanbulning Esenyurte tumanida maxsus operasiya natijasida gumon qilinuvchi sifatida qo‘lga olingan.

Kiritildi: 10:59 19.02.2019. O'qildi: 2344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!