Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Marselo Ronaldu uni nima bilan hayratda qoldirganini aytib berdi

Marselo Ronaldu uni nima bilan hayratda qoldirganini aytib berdi

Madridning «Real» klubi sobiq chap qanot himoyachisi Marselo Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan yillarini vaqti-vaqti bilan yodga olib turadi.

Braziliyalik futbolchi 2007 yildan 2022 yilgacha «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, portugaliyalik hujumchi 2009 yildan 2018 yilgacha «qirollik klubi»da to‘p surgan.

«Krishtianu meni o‘zining barqarorligi bilan hayratda qoldirardi. Buni qanday ifodalash mumkinligini bilmayman-u, lekin u har yili bir xil samaradorlikni saqlab qolardi — bir mavsumning o‘zida faqat chempionatda 30–40 tadan gol urardi. Uning uchun bu normal holat edi. Hayratlanarli», — deya sobiq lateralning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Marselo 2025 yilning boshida faoliyatini yakunlagan edi. Fevral oyida 41 yoshini qarshilagan Ronaldu esa Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida faoliyatini davom ettirmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:03. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!